Ravvinlarning fikriga koʻra, Odamatodan to Yoqubgacha buni hayotda bir marta — oʻlim oldidan qilishgan; Rim papasi Grigoriy Buyuk buni qilgan har bir kishiga: "Seni Xudo barakalasin!" deyishni buyurgan; yosh rimlik oʻz sevgilisini u tugʻilganda Amur buni qilgan deb ishontirganda, u qizning koʻzni qamashtiradigan darajada goʻzalligini nazarda tutgan; Gerodot, Aristotel, Plutarx, Gomer va Katull buni goʻyo goh yaxshi, goh yomon belgi deb hisoblashgan; agar imperator Tiberiy buni qilsa, barcha hozir boʻlganlar unga "Prozit!" deyishlari kerak edi. Bu nima?