ULARDAN biri shunchalik yosh ediki, tarixga kichraytirilgan ism bilan kirdi. Ikkinchisining ayanchli taqdiri haqida mashhur shoir kinoyali sheʼrida soʻzlab bergan. Shoirning tugʻilgan shahrida yashagan uchinchisi esa ikkinchisining qismatini baham koʻrdi. Shuningdek, ULAR orasida oʻz vatanidan uzoqda paydo boʻlgan diniy oqim vakillari tomonidan eʼzozlanadigani ham, gʻayritabiiy parhez bilan tanilgani ham va mashhur film bagʻishlangani ham bor edi. Aytgancha, ushbu filmning nomi bilan ULARNING istalgan birini tavsiflash mumkin. Ushbu film rejissyorini ayting.