Qadimgi yunon rivoyatiga koʻra, Fors shohi Kir Ioniya oʻlkasidagi Priena shahrini egallaganida, shahar aholisi oʻzlarining eng qimmatli mulklarini olib, shaharni tark etishgan. Prienalik "yetti donishmand"dan biri Biant esa hamyurtlarining hayratiga sabab boʻlgan narsani koʻtarib ketayotgan edi. Hayratlanib berilgan savollarga u keyinchalik qanotli iboraga aylangan javobni berdi: "Hamma narsamni oʻzim bilan olib yuribman". Xoʻsh, u nima koʻtarib ketayotgan edi?
"Maʼnaviy boyliklar", yaʼni u qoʻli boʻsh ketayotgan edi.