Diqqat, "beshinchi element" soʻzlari almashtirishdir. Bernar Verber "Tanatonavtlar" romanida qahramonlardan birining holatini tasvirlab shunday yozadi: "U alkogoldan qandaydir BESHINCHI ELEMENTNI, ham hayot, ham oʻlim chegarasidan tashqaridagi ELEMENTNI topayotgandek edi". "BESHINCHI ELEMENT" termini oʻtgan asrning oʻrtalarida Fransiyada, demograf Alfred Sovi va sotsiolog Jorj Balandye tadqiqot guruhida paydo boʻlgan. Biz "beshinchi element" birikmasi bilan qaysi terminni almashtirdik?