gotquestions.online

Hurmatli bilimdonlar! Bir daqiqaga displeylaringizdan koʻz uzing. Keling, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanamiz. Bunda bizga Pavel Petrovich Bajov yordam beradi. Shunday qilib: — Birinchi holat. Askarcha qomat, jiddiy qiyofa, yelkalar koʻtarilgan, har ikki qoʻl koʻkrak balandligida, biri musht qilingan, ikkinchisi kafti yuqoriga qaratib yarim ochiq. — Ikkinchi holat. Tizzalar bukilgan, qoʻllar osilgan, bosh egilgan, qiyofa gʻamgin. — Uchinchi holat. Orqa va boʻyin boʻylama egilgan, oldinga choʻzilgan qoʻl emaklash harakatlarini qilmoqda. — Toʻrtinchi holat. Bosh orqaga tashlangan, koʻzlar chaqchaygan, qoʻllar keng yoyilgan. Charchadingizmi? Unda ayting-chi, Bajovning soʻzlariga koʻra, ushbu majmuani qaysi bir satr bilan tasvirlash mumkin?

Manba