[Bir uchi oʻtkirlangan kichik poʻlat tayoqchalar tarqatiladi; hammaga yopiq qora quticha koʻrsatiladi.] Diqqat! Sirli buyumcha va qora quticha! Siz biroz zukkolik koʻrsatishingiz kerak. Qoʻlingizda ushlab turgan har bir buyumni mixcha, qisqa kerner yoki haykaltaroshlar toshga ishlov berishning dastlabki bosqichida ishlatadigan asbobning kichraytirilgan varianti deb atash mumkin. Bu qaysi soʻz ekanligini topsangiz, darhol bir ajralmas juftlikni eslaysiz. Ular haqidagi yana bir ishora qora qutichada. Ushbu juftlikni ixtiyoriy tartibda ayting.