Diqqat, qora quti! Qora qutida hozir bir buyum bor, uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomada shunday deyilgan: «Buyumni ikki qoʻl bilan shunday ushlash kerakki, tashuvchining faqat ishchi boʻlmagan yuzalariga tegilsin. Toʻplagichning chetiga bir tekis harakat bilan bosing. Soʻngra ishchi qismni tashuvchining ishchi yuzasiga 2 m/s tezlikda, 10 kg/sm² bosimdan oshmagan holda tegizing. Kerakli natijaga erishilgach, foydalanilayotgan qismning ishchi yuzasini uning potensial qabul qiluvchisi bilan birlashtiring». Qora qutida nima bor?