Muharrirlar Filipp Dikning kitoblarini ayovsiz tahrir qilib, qisqartirib, syujetlarni oʻzgartirib, nomlarini jozibaliroqlariga almashtirishgan. Shu munosabat bilan yozuvchi, agar ushbu nashriyotda mana bu kitob chiqsa, uni ikkiga qisqartirib, davomli jangari film sifatida chiqarishgan boʻlardi, deb aytgan. Birinchi qismini "Xaos hukmdori", ikkinchisini esa "Uch jonli narsa" deb nomlashgan boʻlardi. Gap qaysi kitob haqida ketmoqda?