Eʼtiboringizga juda mashhur va munozarali kitobga yozilgan taqrizdan parcha havola etiladi: "Matn oson oʻqiladi, u dinamik va eng yuqori sifatli 'koʻngilochar' xomashyodan tayyorlangan. Jinsiy aloqa ham bor (koʻpligi yaxshi), xiyonat ham bor, bir jinsli sevgi ham, qotilliklar-insestlar-urushlar-genotsidlar ham bor, xullas, odatiy jentlmenlar toʻplami... Shunday boʻlsa-da, afsuski, ushbu super jangari asarning asosiy kamchiligini sezmaslik mumkin emas. Bu kamchilik — eklektiklikdir. Men hatto taxmin qilishga jurʼat etamanki, bizning qarshimizda yaxlit mualliflik individualligi emas, balki koʻplab joylardan terib olingan turli xil iqtiboslar toʻplami turibdi". Bu qaysi kitob?