Modelyer Iv Sen-Loran shunday nomli atir chiqardiki, bunga qarshi boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchilari eʼtiroz bildirib, bu nomga faqat ular haqli ekanini daʼvo qilishdi. Dastlab bu soʻz (eʼtibor bering, soʻz birikmasi emas) faqat bir obyektga tegishli boʻlib, uning nomi sizga yaxshi maʼlum boʻlgan plastinkasimonlar oilasiga mansub qoʻziqorin jinsi nomi bilan bir xil soʻzdan kelib chiqqan. Kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan soʻzni ayting.