Mustamlakachilik davrida Polineziyada buzilgan ingliz tili leksikasi asosida millatlararo muloqot tili — "tok-pisin" (yoki "pijin-inglish") vujudga keldi. Papua — Yangi Gvineyada tok-pisin hatto maktablarda oʻqitiladi. Tok-pisinda "yu" — bu "sen", "mi" — "men". Unda tok-pisinda "yu-mi" nimani anglatadi?