Kamer-yunker sifatida Pushkin tez-tez yuqori martabali shaxslarning huzurida bo'lardi. Shunday shaxslardan birining huzuriga kelgan Pushkin uni divanda yotgan holda ko'radi. Shoirdan biron-bir eksromt (to'satdan aytilgan she'r) talab qilishadi. "Bolalar polda, aqlli divanda" (Deti na polu, umniy na divane), deb javob beradi norozi Pushkin. "Buning nimasi ekspromt?" deb hayron bo'ladi yuqori martabali shaxs. Jumlaning ma'nosi yetib borgach, Pushkinni uydan haydab yuborishadi. Jumladagi sarkazm nimada?
Uni rus tilida "detina poluumniy na divane" (divandagi yarim aqlli nusxa) deb ham o'qish mumkin.