Piter Akroydning "Platon haqida qissa" romanida voqealar olis kelajakda sodir boʻladi. Oʻtmish tadqiqotchisi Platon bir romanni topib oladi va sarlavhasi vaqt oʻtishi bilan shikastlanganiga qaramay, uning muallifligini Dikkensga nisbat beradi. Ushbu roman qahramoni "atrofdagi asalarilar, kabutarlar va boshqa tirik mavjudotlarni kuzatib, oʻz tasavvurida butun bir dunyoni yaratadi". Platonning fikricha, bu roman Dikkens davrida keng tarqalgan, insoniyatni "irq", "jins" va "tabaqa" tushunchalariga koʻra guruhlarga boʻlish mumkinligi haqidagi tasavvurlar ustidan yozilgan satiradir. Topilgan ushbu roman qanday nomlangan edi?
"Tabiiy tanlanish yoʻli bilan turlarning kelib chiqishi".