Qadim zamonlarda bir shaharda buyuk bir donishmand yashagan ekan. Uning donoligi haqidagi shon-shuhrat ona shahridan uzoq-uzoqlarga tarqalibdi, odamlar uzoqdan uning huzuriga maslahat soʻrab kelisharkan. Ammo shaharda uning shuhratiga hasad qiladigan bir kishi bor ekan. Bir kuni u oʻtloqqa borib, kapalak tutibdi, uni kaftlari orasiga qoʻyibdi va oʻylabdi: "Donishmandning oldiga borib soʻrayman: ayt-chi, ey eng dono zot, qoʻlimdagi kapalak tirikmi yoki oʻlikmi? Agar u oʻlik desa, kaftlarimni ochaman, kapalak uchib ketadi, agar u tirik desa, kaftlarimni siqaman va kapalak oʻladi. Shunda hamma aramizda kim aqlliroq ekanini tushunadi". Hammasi u oʻylagandek boʻlibdi. Hasadgoʻy shaharga kelib, donishmanddan soʻrabdi: "Ayt-chi, ey eng dono zot, qoʻlimdagi kapalak tirikmi yoki oʻlikmi?" Shunda haqiqatan ham aqlli inson boʻlgan donishmand shunday bir jumlani aytibdiki, baʼzi odamlar buni faktni qayd etish deb atashgan boʻlardi, melomanlar esa buni Anjelika Varum ijrosida eshitishgan. Oʻsha jumlani ayting!