Bir xitoylik donishmand yashagan ekan. Bir unchalik aqlli boʻlmagan odam uni aldashga qaror qilibdi. U kapalakni tutib, uni kaftlari orasida ushlagancha soʻrabdi: "Kapalak tirikmi yoki oʻlikmi?". Oʻzi esa ichida: "Agar donishmand tirik desa — kaftlarimni qisib uni oʻldiraman, agar oʻlik desa — kapalakni qoʻyib yuboraman. Har qanday holatda ham donishmand pand yeydi", deb oʻylabdi. Er-xotin ijro etgan qoʻshiqdagi satrni eslab, donishmandning javobini qaytaring.