"Bayt, kilobayt, megabayt va hokazolar qaysi ketma-ketlikda kelishini eslab qola olmayapsizmi? Terabayt yoki gigabayt — qaysi biri kattaligini doim adashtirasizmi? Bu savolga toʻgʻri javobni hali ham hamma ham bilavermaydi". Ushbu matn internet-doʻkonlardan birida topilgan original sovgʻani tavsiflash uchun ishlatilgan. Ishlab chiqaruvchilar endi toʻgʻri ketma-ketlikni hatto kichik bolalar ham oʻrganib olishini vaʼda qilishmoqda. Sovgʻa "KiberULAR" deb ataladi. Biz "ULAR" soʻzini qaysi soʻz bilan almashtirdik?