Blits. 1. Bir internet-doʻkonda gʻayrioddiy yumshoq oʻyinchoqlar sotiladi. Masalan, ushbu ikkitadan birini tasvirlovchi oʻyinchoq ichida bir-biriga juda oʻxshash uchta kichikroq oʻyinchoq bor. Ushbu ikkitadan birini ayting. 2. Shu doʻkondagi UNI ifodalovchi oʻyinchoq haqiqatan ham UNDAN tikilgan. UNI ikki soʻz bilan ayting. 3. Shu doʻkonda bir nechta ipchalar chiqib turgan oʻyinchoq bor. Saytning maʼlumotiga koʻra, u besh yosh va undan katta boʻlgan UNING mutaxassislari uchun moʻljallangan. UNI ikki soʻz bilan ayting.