Bir kuni portda turgan "Mari Dyupre" teploxodiga dengizda omadini sinab koʻrmoqchi boʻlgan Tim Layton yashirincha kirib oladi. Uni kemaga ishga olishmaydi va u shu yoʻl bilan biror Amerika kemasiga joylashishga qaror qiladi. Biroq uning omadi kelmaydi: yonida hujjatlari yoʻq edi. Muammoni "sotib olingan bayroq" yanada ogʻirlashtirdi — Tim shamolsiz havoda osilib turgan "Mari Dyupre"ning quyruq bayrogʻini Amerika bayrogʻi bilan adashtirib yuborgan edi. Teploxod rasman qaysi davlatga tegishli boʻlgan?