"Mari Dyupre" teploxodiga yashirincha kirgan amerikalik Tim Laytonning omadi kelmadi — kema Liberiyaga tegishli edi, uning esa birorta hujjati yoʻq edi. Shu sababli Tim dunyoning hech bir portida kemadan tusha olmasdi. Bibliyani biladigan politsiyachilardan biri Timga Agasfer deb laqab qoʻydi, garchi savol muallifi u uchun ikki soʻzdan iborat boshqa bir laqabni mosroq deb hisoblasa-da. Ushbu laqabni ayting.