Qadimgi xitoy afsonasi. Bir kuni imperator oʻz vaziriga qandaydir sovgʻa berib, uni mukofotlashga qaror qilibdi. Ammo vazirning rafiqasi bu sovgʻadan gʻazablanibdi va uni oʻz uyida koʻrishga aslo rozi boʻlmabdi. Gʻazablangan imperator uni tanlov oldiga qoʻyibdi — sovgʻani qabul qilish yoki bir idish zaharni ichish. Qaysar xotin zaharni tanlabdi. Biroq imperator, albatta, vazirining xotini oʻlishini xohlamagan — idishda sirka boʻlgan ekan. Ayting-chi, xitoy tilida "sirka isteʼmol qilish" iborasi nimani anglatadi?