Yaponiya fuqarolarining bir toifasi uchun "Sakura gullar bilan qoplangan" va "Gullar toʻkildi" soʻzlari juda muhim, chunki bu soʻzlarga, ehtimol, ularning butun hayoti bogʻliq. Bu odamlar kimlar?
Yaponiyada kirish imtihonlari aynan sakura gullagan paytda boʻlib oʻtadi. Universitetning abituriyentga yoʻllagan javobidagi "Sakura gullar bilan qoplangan" soʻzlari oʻqishga qabul qilinganini, "Gullar toʻkildi" esa yiqilganini bildiradi.