Shimoliy Hindiston aholisi hatto tabiiy go‘zallikni ham tatuirovka yordamida mukammallashtirish mumkin deb hisoblashadi. Qizlarning yuziga to‘q qora rangda Qadimgi Hind bitiklaridan matnlar tushirilgan. Uzoqdan bunday yozuv grafik bezakka o‘xshaydi, lekin yuzga yaqinroq qaralsa, butun bezak bitta so‘zdan — ilohning ismidan iborat ekanini ko‘rish mumkin. Qaysi ilohning?