Hindistonda “bindu” – turli rangli peshonadagi belgi har xil maʼnoga ega. Misol uchun, qizil ranglisini erga tekkan ayollar, sariq ranglisini bevalar qoʻyishadi. Baʼzi ota-onalar esa yosh bolalar peshonasiga qora rangli “bindu” qoʻyishadi. Maqsad - bolani Undan saqlash. Mayalar ham Undan saqlash uchun bola yuzini bir yoshli boʻlguncha berkitib yurishgan. Savol: U nima ekanligini yozib bering.