Xorijdagi rusiyzabon rok-guruhlardan birining nomi (u sizga tanish boʻlmasligi ehtimoli katta, ammo bu muhim emas) adabiyot kursidan har birimizga maʼlum boʻlgan familiyani oʻz ichiga oladi. Shunga qaramay, ingliz tiliga tarjima qilishda musiqachilar muammoga duch kelishdi: familiyani boricha qoldirish — inglizzabon tinglovchilar uchun tushunarsiz boʻladi, soʻzma-soʻz tarjima qilishsa — guruh psixodelik rok ijro etadi deb oʻylashadi, bu esa haqiqat emas. Guruh nomi qaysi familiyani tilga oladi?