Yaponiyada bahor oxirida xanami — ushbu gullarni tomosha qilish bayrami oʻtkaziladi. Ularning barglari qilichga oʻxshaydi, shuning uchun ular erkak kishida mardlikni uygʻotadi deb hisoblanadi. Ushbu gulning nomi va yapon tilidagi "jangovar ruh" soʻzi bir xil iyeroglif bilan belgilanadi. Qadimgi yunonlar bu gulga Tavmant va Elektraning qizi boʻlgan maʼbuda nomi bilan nom berishgan. Bu qaysi gul?