Ossuriyaliklarning ertaklaridan birida tunda qoʻlida yoniq fonus koʻtarib ketayotgan koʻzi ojiz kishi haqida hikoya qilinadi. Yoʻlda uchragan yoʻlovchi undan: "Ey bechora! Fonusni nega koʻtarib olibsan? Senga nima farqi bor?" deb soʻrabdi. Koʻzi ojiz kishi nima deb javob bergan?
"Men uchun farqi yoʻq, lekin senga oʻxshagan ahmoq odamlar menga urilib, yiqitib ketmasligi uchun...".