Qachonlardir Xitoyda ikki kishining gʻayritabiiy yugurish musobaqasini koʻrish mumkin edi. Kuch va yosh jihatidan teng boʻlganlar tanlanardi. Yugurish boshlanishidan oldin ulardan biri ogʻziga kichik bir boʻlak jenshen ildizini solib olardi. Bu nima uchun qilinardi?
Shu yoʻl bilan topilgan ildizning sifati tekshirilgan. Agar yugurayotgan kishi raqibidan kamroq charchasa, ildiz yaroqli deb topilgan.