Aytishlaricha, qadimda Germaniyaning Meklenburg togʻlarida Brandenkirly ismli yovuz odam yashagan. Bir kuni u choʻponni tiriklayin yoqib yuboradi, soʻngra uning kuygan jasadi va oʻligini oyogʻi bilan tepadi. Bu yovuzlik jazosiz qolmaydi. Mish-mishlarga koʻra, yilda bir marta jinoyatchining ipak paypoq va tuflidagi chap oyogʻi qabrdan chiqib turar ekan. Bir yosh bola afsonalarni eshitib, belgilangan kunda qabr yonida ushbu oyoq chiqishini kutib turadi, lekin kutgani amalga oshmaydi. Ehtimol, aynan shu voqea (aniqrogʻi, voqea sodir boʻlmagani) bu bolaning hayot yoʻlini tanlashiga taʼsir qilgandir. Uning familiyasini ayting.