Diqqat, savolda almashtirish bor. "Fantastik maxluqlar va ularning yashash joylari" kitobiga ko‘ra, ARSLONLARNING o‘nta asosiy turi mavjud. Ma’lumki, to‘rtinchi kursda Garri Potterga Markaziy Yevropalik ARSLON biroz muammolar tug‘dirgan. Shuningdek, tilga olingan turlarning hech biriga kirmaydigan yana bir "ARSLON" Garriga deyarli doimiy ravishda muammo tug‘dirib kelgan. Aytgancha, Garri bu "ARSLON" bilan hali Xogvartsga kelmasidan oldin tanishgan edi. Ushbu "ARSLON"ni aniq ayting.