Qadimgi Gretsiyada ayollarning Olimpiada oʻyinlariga qoʻyilmaganini hamma biladi. Bu ishonchli fakt. Ammo qadimgi yunon oʻyinlarida shunday bir musobaqa turi boʻlganki, unda ayol kishi olimpiada chempioni boʻlishi mumkin edi. Qadimgi Gretsiya olimpiadalarining qaysi musobaqa turida ayol kishi gʻolib deb eʼlon qilinishi mumkin edi?
Arava poygalarida aravani boshqargan kishi emas, balki otlarning egasi gʻolib deb eʼlon qilingan, ot egasi esa ayol kishi boʻlishi mumkin edi.