Maʼlumki, Qadimgi Gretsiyadagi Olimpiya oʻyinlari dasturiga otlar qoʻshilgan aravalar poygasi ham kiritilgan. Marraga birinchi boʻlib kelgan arava egasi va aravakashi gʻolib deb eʼlon qilingan. Bir safar, Rimliklar hukmronligi davrida, gʻoliblik dafna gultoji aravakashning boshiga qoʻyilgan, u bir vaqtning oʻzida aravaning egasi ham edi, garchi u burilishlarning birida oʻz joyidan uchib ketgan boʻlsa ham. Nima deb oʻylaysiz, nima uchun baribir bu odam gʻolib deb eʼlon qilingan?