"Oskar"lar soʻzning toʻliq ma’nosida "oltin" emasligini aytish joiz. Spenser Treysi va Frensis Ford Koppola haykalchalarni ular tayyorlangan R. S. Ouens fabrikasiga qaytarishgan: dengiz boʻyidagi villalarda turgan figuralar toʻsatdan yashil tusga kirgan, ya’ni nam va shoʻr havo ta’sirida oksidlanib qolgan. Fabrikada "Oskar"lar qayta tiklanib, qonuniy egalariga qaytarilgan.