Aytishlaricha, 1931-yilda Amerika akademiyalaridan biriga Margaret Gerik ismli yangi xodim ishga qabul qilinadi. Ishga birinchi marta kelganida, u darhol kichik bir haykalchaga eʼtibor qaratadi va: "U nimasi bilandir amakimga oʻxshab ketar ekan..." — deb bir ismni aytadi. Qaysi ismni?
Oskar. Oʻsha yerda boʻlgan jurnalist bu gapni ilib oladi va ertasi kuni oʻquvchilarga xabar beradi. Oʻshandan beri Amerika kino sanʼati va fanlari akademiyasining har yilgi mukofoti Oskar mukofoti deb ataladi.