Sankt-Peterburg harbiy-dengiz akademiyasidagi imtihonlarda Botkin qarshisida oʻsha talaba uchinchi marta paydo boʻldi. Ammo oʻshanda ham yigit birorta savolga javob bera olmadi va Botkin uni haydab yubordi. Keyinchalik professorning oldiga dangasa talabaning xavotirga tushgan doʻstlari kelib, u yangi muvaffaqiyatsizlikdan juda xafa ekanligini va yuragiga pichoq urib oʻzini oʻldirmoqchi boʻlayotganini aytishdi. Botkin ularni qanday tinchlantirdi?
"Xavotir olmang, doʻstingiz odam tanasining tuzilishini bilmaydi, u yurakni topa olmaydi".