Mashhur insonlarning qaltis vaziyatdagi nozik javoblari ruknidan. Vrach Sergey Botkin Peterburg harbiy-tibbiyot akademiyasida dars berib yurgan paytlari bir tanbal talabani 3-marta imtihondan yiqitadi. Shunda talabaning doʻstlari professor yoniga kelib, uning ahvoli ogʻirligini, omadsizlikdan iztirob chekib, oʻz yuragiga pichoq sanchmoqchi ekanini aytishadi. Professor bunga javoban, hech qanday tashvishga hojat yoʻqligini taʼkidlab, talabaning bu ishni qilishiga shubhasi borligini aytadi. Savol: Bu ishni qilish soʻzlari bilan almashtirilgan soʻzlarni toping.