Mashhur huquqshunos A.F. Koni oʻz xotiralarida bir sud ishi haqida gapirib beradi. Ayblanayotgan qotilning himoyachisi unga pul juda zarur boʻlganini taʼkidlaydi. Prokuror himoyachiga darhol javob berish oʻrniga, kutilmaganda tutilib qoladi va birorta soʻz ayta olmaydi. Sud tugagach, maʼlum boʻlishicha, oʻsha paytda prokuror xayoliga kelgan fikrdan kulib yuborishdan qoʻrqqan ekan. Oʻsha fikrning maʼnosini ayting.
Sudlanuvchiga pul «pichoq suyakka qadalguncha» (oʻlim darajasida) zarur boʻlgan.