Mashhur huquqshunos A.F. Koni oʻz xotiralarida bir sud ishi haqida gapirib beradi. Ayblanuvchi qotilning himoyachisi unga pul juda zarur boʻlganini taʼkidlaydi. Prokuror himoyachiga darhol javob berish oʻrniga, kutilmaganda toʻxtab qoladi va birorta soʻz ayta olmaydi. Sud tugagach, oʻsha paytda prokuror xayoliga kelgan fikr tufayli kulib yuborishdan qoʻrqqani maʼlum boʻladi. Prokurorning xayoliga kelgan soʻz oʻyinining (kalamburning) maʼnosini ayting.
Qotilga pul pichoq suyakka qadalganda (pozarez) kerak boʻlgan.