Gettingen matematika fakulteti dekani Kleyn qoʻl ostidagilarni temir intizom bilan boshqargan. Privat-dotsent Sermelo qattiqqoʻl administratorga zarar yetkazishga qaror qildi va shunday mantiqiy jumboqni eʼlon qildi: "Gettingenning barcha matematiklari ikki sinfga boʻlinadi. Birinchilari oʻzlariga yoqmaydigan, ammo Kleynning koʻnglidagi ishni qiladilar. Ikkinchilari oʻzlariga yoqadigan, ammo Kleynning koʻnglidagi boʻlmagan ishni qiladilar. Bunday holda Kleynning oʻzi qaysi sinfga kiradi?" Siz ham ushbu jumboqni yeching, bunda "hech qaysisiga" degan javob matematiklar uchun emasligini hisobga oling...