Gettingen universiteti privat-dotsenti Ernest Tsermelo bir safar matematika fakulteti dekani Feliks Kleyn bilan urishib qoladi, chunki uning fikricha, Kleyn xodimlarning ijodiy intilishlarini jilovlab turgan. Maʼruzalardan birida u talabalarni shunday mantiqiy masala bilan hayron qoldiradi: "Universitetimizning barcha matematiklari ikki sinfga boʻlinadi. Birinchilari oʻzlariga yoqmaydigan, lekin Kleynga yoqadigan ishni qiladilar. Ikkinchilari oʻzlariga yoqadigan, lekin Kleynga yoqmaydigan ishni qiladilar. Bunday holda Kleynning oʻzini qaysi sinfga kiritish kerak?". Hech kim javob bera olmadi. Shunda Tsermelo: "Axir bu juda oddiy-ku!" — deb xitob qildi va Kleynni qattiq ranjitadigan yechimni aytdi. Masalaning javobi qanday?