gotquestions.online

Yaqin oʻtmishdagi Amerika televideniyesi roligi. Oʻgʻil va qiz bola ota-onasining kiyim javoniga kirib olishdi. Qizcha onasining ziraklarini, koʻylagini, shlyapasini kiyib koʻrdi, oʻgʻil bola esa silindr va frak kiyib oldi — ikkalasi ham koʻzgudagi aksiga mahliyo boʻlib turibdi. Kadr ortidagi ovoz: "Bolalar hamma narsada ota-onalariga oʻxshashni xohlashadi". Soʻngra savol berildi. Ushbu rolikdan keyin maʼlum bir mahsulot ishlab chiqaruvchi barcha Amerika kompaniyalari oʻz mahsulotlarini reklama qilishdan ixtiyoriy ravishda voz kechishdi. Rolikda berilgan savolni takrorlang.

Manba