Ushbu ixtironing bir necha ming yillik tarixi bor. Bu qurilma ham katta, ham kichik boʻlishi mumkin. Uning egalari ham jismoniy shaxslar, ham jamoat muassasalari boʻlishi mumkin. U shunchalik mashhurki, uni uylarda, koʻchalarda, doʻkonlarda — xullas, hamma joyda uchratish mumkin. Uni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir fransuz firmasi magnitofonli uy variantini ishlab chiqdi, u ushbu qurilma bilan oʻlchanadigan maʼlum bir koʻrsatkichdan oshib ketganda Shopenning "Motam marshi"ni ijro etadi. Bu qanday qurilma?