Yaponiyaning "Tanita" firmasi barchaga maʼlum boʻlgan maishiy asbobning qiziqarli modifikatsiyasini ishlab chiqardi. Asbobga kontaktlar oʻrnatilgan boʻlib, ular yordamida inson tanasi orqali chastotasi 50 kilogers va kuchi 200 mikroamper boʻlgan sezilarsiz tok oʻtkaziladi. Turli toʻqimalarning oʻtkazuvchanligidagi farqdan foydalanib, asbob organizmdagi yogʻ foizini koʻrsatadi. Aslida, ushbu asbobning asosiy vazifasi nima?