Xalq rivoyatlariga ishonadigan bo'lsak, bir safar U o'zining sevimli arab oti Lizettada daryodan sakrab o'tishga qaror qilibdi. "Hammasi xudoniki va meniki!" — deb hayqiribdi U va narigi qirg'oqqa o'tibdi. Yana bir bor "Hammasi xudoniki va meniki!" deb baqiribdi va yana daryodan sakrab o'tibdi. Uchinchi bor taqdirini sinab ko'rmoqchi bo'lib: "Hammasi meniki va xudoniki!" — deb tili aylanib qolibdi, buning uchun xudo tomonidan jazolanibdi. Diqqat, savol! U kim va bu qaysi daryo?
Pyotr Birinchi va Neva (u toshga aylangan — shunday qilib "Mis chavandoz" paydo bo'lgan).