Ushbu qissaning bosh qahramonlaridan biri xitoylik edi. Uning birinchi ekranizatsiyasida (uni orangizda kamchilik koʻrgan boʻlsa kerak) xitoylik qahramon negr bilan almashtirilgan. Hammangizga maʼlum boʻlgan va mazmuni jihatidan asldan ancha farq qiladigan boshqa bir ekranizatsiyasida esa bu qahramon na negr, na xitoylikdir. Agar gap qaysi film haqida ketayotganini topgan boʻlsangiz, unda qargʻa va boyqushning oʻrnini qaysi qushlar egallaganini qiynalmasdan ayta olasiz.