Aytishlaricha, bir kuni rus tili lugʻati muallifi D. Ushakovni senzor chaqirib, qatʼiy ohangda soʻrabdi: — Dmitriy Nikolayevich, nima uchun lugʻatingizda nafaqat sovetcha, balki nosovetcha soʻzlarni ham keltiryapsiz? Biz sizga Ushakovning javobini aytib oʻtirmaymiz. Bir daqiqa oʻylab, senzor biri sovetcha, ikkinchisi esa nosovetcha deb oʻylashi mumkin boʻlgan har qanday feʼllar juftligini ayting.