Avval u tashqi oʻxshashligi boʻyicha soyabonlar va daraxtlarni tilga oladi. Soʻngra funksional oʻxshashlik boʻyicha — pichoqlar, xanjarlar, qilichlar, miltiqlar va toʻpponchalarni. Keyin esa boshqa bir funksiyasi boʻyicha — suv kranlari, sugʻorgichlar va favvoralarni. Soʻngra xususiyatlaridan biri boʻyicha — havo sharlari, aeroplanlar va seppelinlarni. Oxirida u shlyapa va paltoni tilga olib, ular ham nima uchun ushbu qatorga kirishini tushuntirib bera olmasligini tan oladi. Diqqat savol: u kim?