Ushbu obyektlarni hali Zigmund Freyd tadqiq qilib, erkak va ayol psixologiyasi oʻrtasidagi farq haqida muhim xulosalar chiqargan edi. Yaqinda avstriyalik psixologlar guruhi (kichik ishora: bu guruhda ayollar ham bor edi) ushbu obyektlarni yana oʻrganib, ularni ikki asosiy toifaga boʻlishdi: siyosat va jinsiy aloqa. Va yana ular erkaklar va ayollar oʻrtasidagi sezilarli farqni koʻrsatishdi. Gap nima haqida ketmoqda?