Frans-Iosif yerini kashf etgan mashhur qutb tadqiqotchisi Yulius Payer shunday yozgan: "Qizigʻi shundaki, kuchli issiq ham, kuchli sovuq ham bir xil darajada ushbu ofatni keltirib chiqaradi. Bu ham Arktika, ham tropiklar boʻylab sayohat qiluvchilar uchun haqiqiy balodir." Bu haqda Armstrong, De-Long, Piri va Amundsen ham gapirishgan. Arktika va tropiklarda sayohatchilarni birdek qiynaydigan ofat nima?