"Kavkaz asirasi" filmining birinchi lavhasi oʻziga xosligi bilan ajralib turardi. Devorga Qoʻrqoq (Vitsin) yaqinlashadi, qoʻrqibgina katta "X" harfini yozadi va atrofga alanglab qochib ketadi. Keyin Tajribali (Morgunov) keladi va ishonch bilan katta "U" harfini chizadi. Shundan keyingina kadrda Landavur paydo boʻladi va u chaqqonlik bilan davomini yozib qoʻyadi... Landavur nimani yozib tugatgan edi?