Hammaga ma’lum "Kavkaz asirasi" filmi dastlabki variantda shunday boshlangan: Butun ekran bo‘ylab yog‘och devor. Taxta suriladi, Qo‘rqoq (Trus) paydo bo‘ladi va devorga "X" harfini yozadi. Undan keyin paydo bo‘lgan Landavur (Balbes) "U" harfini chizadi. Oxirida Tajribali (Bivaliy) paydo bo‘ladi va shu payt militsiya hushtagi eshitiladi. Tajribali hech narsa bo‘lmagandek, so‘zni oxirigacha yozib qo‘yadi... Nimani?